Turkiya prezidenti 3 oylik favqulodda holat e’lon qildi

Ozodlik Radiosi

07-02-2023

1 211 023 просмотров

14 139 Добавить к себе Еще

Кадры из видео

Туркия ва Cурияда 6 февраль куни юз берган зилзила қурбонлари сони 5 минг нафардан ошди, 6 мингдан ортиқ бино қулагани маълум бўлди.

Жаҳон соғлиқни сақлаш ташкилоти берган маълумотга кўра, жами 23 миллион одам, шу жумладан 1 ярим миллионга яқин бола зилзиладан жабр кўрган.

Вайроналар остида яна қанча одам қолгани номаълум, зилзила одамлар ухлаб ётган пайтда рўй берган. Қурбонлар сони яна кўпайиши мумкин.

Ўзбекистон Ташқи ишлар вазирлигига кўра, Туркиянинг Малатя вилоятида бир ўзбекистонлик нобуд бўлган, 4 фуқаро бедарак.

Ўзбекистон Фавқулодда вазиятлар вазирлиги гуруҳи Ҳатай вилоятининг Овакент қишлоғига етиб борди. Бу ҳудудда 10 мингдан ортиқ этник ўзбек яшайди.

Дунё давлатлари, хусусан Ўзбекистон ҳукумати ҳам зилзиладан жабрланганларни қутқарув учун Туркия ва Сурияга ёрдам йўллади.

📌 Зилзила нобуд бўлган ёки жабр кўрган ўзбекистонликлар ҳақида Озодликка маълумот бермоқчи бўлсангиз, бизга боғланинг:

👉 Телеграм: @ozodnews

👉 SMS ва қўнғироқлар учун: +420 724 971 539; +420 608 549 460

🔴 https://t.me/ozodlikkanali kanaliga obuna bo'ling!

🔴 Bizga xabar yo'llash uchun 👉 @ozodnews

Turkiya va Suriyada 6-fevral kuni yuz bergan zilzila qurbonlari soni 5 ming nafardan oshdi, 6 mingdan ortiq bino qulagani ma’lum bo‘ldi.

Jahon sog‘liqni saqlash tashkiloti bergan ma’lumotga ko‘ra, jami 23 million odam, shu jumladan 1 yarim millionga yaqin bola zilziladan jabr ko‘rgan.

Vayronalar ostida yana qancha odam qolgani noma’lum, zilzila odamlar uxlab yotgan paytda ro‘y bergan. Qurbonlar soni yana ko‘payishi mumkin.

O‘zbekiston Tashqi ishlar vazirligiga ko‘ra, Turkiyaning Malatya viloyatida bir o‘zbekistonlik nobud bo‘lgan, 4 fuqaro bedarak.

O‘zbekiston Favqulodda vaziyatlar vazirligi guruhi Hatay viloyatining Ovakent qishlog‘iga etib bordi. Bu hududda 10 mingdan ortiq etnik o‘zbek yashaydi.

Dunyo davlatlari, xususan O‘zbekiston hukumati ham zilziladan jabrlanganlarni qutqaruv uchun Turkiya va Suriyaga yordam yo‘lladi.

📌 Zilzila nobud bo‘lgan yoki jabr ko‘rgan o‘zbekistonliklar haqida Ozodlikka ma’lumot bermoqchi bo‘lsangiz, bizga bog‘laning:

👉 Telegram: @ozodnews

👉 SMS va qo‘ng‘iroqlar uchun: +420 724 971 539; +420 608 549 460

Uzbek | Uzbekistan | Ozbekiston | Ozbek | Yangiliklar | Xabarlar | Mirziyoyev | Tezkor |

#ozodlik #turkiya #zilzila #uzbekistan
Turkiya prezidenti 3 oylik favqulodda holat e’lon qildi - смотреть видео онлайн " />